Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda 13-dekabr kuni ma’lum bo‘ldi. “Gazeta.uz” ma’lumotiga ko‘ra, Ikromov bosh vazir o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoladi.

Adham Ikromov 2012-yildan buyon bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport kompleksini boshqaradi. 2009−2012-yillarda esa Ikromov sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2012-yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligiga Anvar Alimov rahbarlik qilib kelayotgan edi. U Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.