12−17-dekabr kunlari Toshkentda Oliy ta’lim muassasalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmatining xabar qilishicha, mazkur festival “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar xaftaligi” doirasida tashkil etilmoqda.

Unda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining dastlabki saralash bosqichlarida g‘olib chiqqan olti jamoa ishtirok etmoqda. O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti sahnasida QarDU talabalari “Shiroq”, TTESI talabalari “Tikonsiz tipratikon”, O‘zMU talabalari Molerning “Tartyuf”, TATU Nukus filiali talabalari “Qaydasan, baxtim”, NamMPI talabalari “Qabohat”, NavDKI talabalari esa “Ogoh bo‘ling, odamlar” nomli sahna asarlarini ijro etadi.

“Yoshlar xaftaligi” doirasida, shuningdek, OTM tizimida “Tafakkur sinovlari”, “Quvnoq va zukkolar” tanlovlari ham o‘tkaziladi.