O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istambul shahrida yuz bergan va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onga va butun Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

TIV matbuot xizmatining 12-dekabrda xabar berishicha, mamlakat rahbari maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini izhor qildi.