O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi 13-dekabr kuni chaqiriladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabar qildi.

Senatorlar O‘zbekistonning 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi, shuningdek 2017-yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi.

Majlis kun tartibidan bir qator qonunlar, jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun o‘rin olgan.