Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli «Toshkent-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi SU1871 reysi samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston poytaxti aeroportiga qaytdi.

A-330 layneri Toshkentdan bir soatlik ushlanishdan so‘ng — jadvaldagi 4:30 o‘rniga 5:35 da uchgan edi. Kutish zonasida bir doira parvozni amalga oshirgan samolyot taxminan 6:05da muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Ekipaj a’zolari parvoz punktiga qaytishga nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ayni paytda yo‘lovchilar aeroportning kutish zonasiga yetkazilgan. Parvoz vaqti 16:45 ga qoldirildi.