12-dekabr kuni Shveysariyaning Non shahrida Chempionlar ligasi 1/8 finali uchun qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasida asosiy Yevrokubok pley-offining 16 ishtirokchisi o‘z raqibini aniqlab oldi. Bu haqda Yevropa futboli rasmiy saytida xabar qilindi.

1/8 final ishtirokchilari guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra ikki savatga ajratildi. Sakkizta guruh g‘oliblari ikkinchi o‘rinni olgan jamoalari bilan uchrashadi. Bunda bir guruhda o‘ynagan va bir mamlakat vakili bo‘lgan jamoalar bir juftlikka tusha olmadi.

Chempionlar ligasining 1/8 finali juftliklari:

  • “Manchester Siti” — “Monako”
  • "Real" Madrid — “Napoli”
  • "Benfika" — “Borussiya” Dortmund
  • “Bavariya” — “Arsenal”
  • "Portu" — “Yuventus”
  • "Bayer" — “Atletiko” Madrid
  • “Pari Sen-Jermen” — “Barselona”
  • "Sevilya" — “Lester”

Guruhlar g‘oliblari: “Arsenal”, “Lester” (Angliya), “Atletiko”, “Barselona” (Ispaniya), “Borussiya” (Germaniya), “Yuventus”, “Napoli” (Italiya), “Monako” (Fransiya).

Ikkinchi o‘rin: “Benfika”, “Portu” (Portugaliya), “Bavariya”, “Bayer” (Germaniya), “Manchester Siti” (Angliya), “Pari Sen-Jermen” (Fransiya), “Real”, “Sevilya” (Ispaniya).

Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi uchrashuvi 14−15 va 21−22-fevral kunlari o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar maydonida bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 7−8 va 14−15 mart kunlari o‘tkaziladi.

Yevropa Ligasi 1/16 finali juftliklari qur’asi:

“Anderlext” — “Zenit”

"Rostov" — “Sparta”

"Krasnodar" — “Fenerbaxche”

"Atletik" — APOEL

“Legiya” — “Ayaks”

"Astra" — “Genk”

"Manchester Yunayted" — “Sent-Eten”

"Vilyarreal" — “Roma”

"Ludogorets" — “Kopengagen”

"Selta" — “Shaxtyor”

"Olimpiakos" — “Usmanlispor”

"Gent" — “Tottenxem”

"Borussiya" Menxengladbax — “Fiorentina”

AZ — “Lion”

"Xapoel" Beyer-Sheva — “Beshiktosh”

PAOK — “Shalke”

Uchrashuvlar 16 va 23-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.