O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Shveysariyada o‘z vakolatxonasini ochadi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.fond vakolatxonasini ochish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Mazkur vakolatxona O‘zbekiston tadbirkorlariga Yevropa bozorini o‘rganish asosida o‘z mahsulotlarini eksport qilish, ishonchli hamkorlar topish, O‘zbekiston va Shveysariya ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatimiz tadbirkorlarining Shveysariyada o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, yarmarkalar, tender savdolari va biznes-forumlarda ishtirokini tashkil etishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, vakolatxona O‘zbekiston eksportchilariga Shveysariyada bojxona tartib-taomillaridan o‘tishi uchun zarur sertifikatlar, litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni olishga yordam beradi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Janubiy Koreya, Rossiya, Ispaniya, Italiya, Bolgariya kabi mamlakatlarda o‘z vakolatxonalarini ochgan.