6-dekabr kuni Sochida o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati doirasida blits bo‘yicha World Schools Blitz xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi.

Mazkur tadbirda 19 mamlakatdan 190 ishtirokchi shveysarcha usul bo‘yicha 7 turda bellashdi.

Musobaqa yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston vakillari bir oltin va bir bronza medalini qo‘lga kiritdi. 1-o‘rinni musobaqa reyting-favoriti Xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDE ustasi Nodirbek Abdusattorov (jahon reytingida 2350 ball), ikkinchi o‘rinni — FIDE ustasi turkiyalik Ozen Baxadir (2349) egallagan bo‘lsa, “bronza” Nodirbek Yakubboyevga (2292) nasib etdi.