RIA Novosti — Koreya Respublikasi parlamenti mamlakat Prezidenti Pak Kin Xening impichmentini e’lon qildi. Prezidentning iste’foga chiqishi uchun Milliy majlisning 234 nafar deputati ovoz berdi, 56 nafari qarshi bo‘ldi, yana ikki nafari betaraf tomonda qoldi. Yetti byulleten esa yaroqsiz deb topildi. Yig‘ilish koreys televideniyesi orqali jonli efirga uzatildi.

Impichmentning e’lon qilinishiga Pak Kin Xe va uning tanishi Soy Sun Shil atrofidagi korrupsion mojarolar sabab bo‘ldi. Tasdiqlanishicha, Prezident dugonasi o‘z aloqalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalangan, hattoki, davlat rahbari va uning ma’muriyati orqali davlat ishlariga ham aralashgan.

Endilikda impichment Janubiy Koreya Konstitutsion sudi tomonidan tasdiqlanishi yoki bekor qilinishi lozim.

Ryonhap agentligining tasdiqlashicha, yangi saylov bo‘lguniga qadar davlat rahbari vazifasini bosh vazir Xvan Gean bajaradi.