Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 6-dekabrda bo‘lib o‘tgan majlisida “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Hujjat tasdiqlash uchun Senatga yuboriladi, deya xabar qildi parlament quyi palatasi axborot xizmati.

Yig‘ilishda ta’kidlandiki, prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, mamlakatda jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktikasini ta’minlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, ular tomonidan xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Mazkur sananing aynan qaysi kunga belgilanishiga hozircha oydinlik kiritilgani yo‘q.