2017 yil O‘zbekistonda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi.

Chorshanba kuni mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu taklif bilan chiqdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ga yig‘ilish ishtirokchisi.

1997 yildan buyon har bir yil O‘zbekistonda muayyan sohaga bag‘ishlanadi (1996 yilda Amir Temur yili deb e’lon qilingan. Yakunlanayotgan 2016 yil esa «Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilingan edi.