XXR raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda dushanba kuni XXR TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Si Szinpin o‘z qutlovida Xitoy va O‘zbekiston yaqin qo‘shnilar, yaxshi do‘stlar va ishonchli sheriklar ekani, ikki o‘rtada samimiy o‘zaro ishonch o‘rnatilganini ta’kidlab o‘tadi.

“Diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 1992-yildan buyon ikki davlat ijobiy rivojlanish, siyosiy ishonchni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik aloqalarni birgalikda rivojlantirish yo‘lidan borishda davom etdi”, — deyiladi maktubda.