Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevga davlat rahbari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Ozarbayjon rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

«Aminmanki, bizning hamkorlikdagi harakatlarimiz Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sherikchilik, har tomonlama hamkorlik va ko‘p rejali aloqalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi», — deyiladi tabrikda.

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.