Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon dushanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovidag‘i g‘alabasi bilan qutladi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga uning qardosh O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlariga doir masalalarni muhokama qilib, ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.