Rossiya Prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni telefon orqali suhbatda O‘zbekistonning yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi, deya xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan qizg‘in muborakbod etib, unga davlatning yuqori martabali lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar kelgusida ham O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sherikchilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishni tasdiqladi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurishga taklif qildi. taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.