Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilarning eng ko’p — 88,61 foiz ovoziga ega bo‘ldi .

O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) uchun, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 906 724 fuqaro ovoz berdi, deya xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.