O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari qoshida tashkil etilgan sayloy uchastkalari ovoz berish uchun ochildi.

Birinchi bo‘lib Yaponiya va Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimiz ovoz berishni boshladi, deya xabar qildi O‘zA.

Umumiy bo‘lib 20 milliondan ziyod kishi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekistonda 9383 ta, xorijda esa 44 ta saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi huzurida ochilgan 34-saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan 2:00da o‘z ishini boshladi. Unda 500 nafardan ziyod saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan.

“Ishonamizki, mamlakatimizda birinchi Prezident Islom Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli islohotlar davom ettiriladi. Bu O‘zbekiston fuqarolari irodasiga bog‘liq”, — dedi Koreyashunoslik Akademiyasi iqtisodiyot fakulteti magistranti Feruza Bo‘ronova.