O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan, deb hisoblandi. Soat 11 dagi ma’lumotlarga ko‘ra, unda 6 million 891 ming 577 nafar saylovchi ovoz berdi. Bu jami saylovchilarning (20,428 million) 33,37 foizi demakdir.

Prezident saylovi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, agarda eng kamida 33 foiz saylovchi ishtirok etsa, saylov bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi.