Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 132-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Daryo nashri muxbirining xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev uchastkaga o‘z oila a’zolari bilan birgalikda tashrif buyurdi. Mazkur uchastkada ro‘yxatga olingan jami saylovchilar soni 2352 nafarni tashkil etadi.