O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov Toshkentning Olmazor tumanidagi 282-saylov uchastkasida mamlakat Prezidenti saylovida ovoz berdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

Xatamjon Ketmonov uchastkaga o‘z turmush o‘rtog‘i bilan tashrif buyurdi. U uchastka saylov komissiyasi a’zolari, shu yerdagi fuqarolar va kuzatuvchilar, jumladan, xorijlik kuzatuvchilar bilan suhbatlashdi.

Nomzod saylov uchastkasiga xush kayfiyatda tashrif buyurgan insonlarni ko‘rishdan mamnunligini qayd etdi.

Mazkur uchastkada 2978 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. 8:45 da 900 kishi ovoz berib ulgurdi. Odamlar kelishda davom etmoqda.