Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 40 ming 471 saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 769 nafari birinchi marta ovoz bermoqda. Fuqarolar saylov uchastkalari o‘z ishini boshlamasdanoq ovoz berishga kelishni boshladi. To‘qsondan oshgan nuroniy onaxon-otaxonlar, bolasini ko‘tarib olgan kelinlar, yosh yigit-qizlar — barcha saylovchilar o‘z taqdiri, mamlakat kelajagi va yorqin istiqbol uchun, prezidentlikka nomzodlar orasidan munosibiga ovoz berish uchun uchastkalarga kelmoqda. Odamlarning gavjumligi bu yilgi prezidentlik saylovi ular uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi.

Do‘stlik tumanida 18 ta saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Foto

Foto: Berdiyor Qorayev, Sanjar Rustamov