Joriy yilda O‘zbekistondagi saylovda imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylash huquqini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rildi.

Muqaddam mustaqil ravishda ovoz bera olmagan ko‘zi ojiz fuqarolar ilk bor Brayl yozuvidan foydalanilgan holda chop etilgan byulletenlar sharofati bilan o‘zgalar yordamisiz ovoz berdi.

Shuningdek, uchastka saylov komissiyalari muayyan sabab bilan (salomatligi, nogironligi bo‘yicha) uchastkaga kela olmaydigan fuqarolar uchun ham sharoitlar yaratildi. Ular uchun uylariga borish tashkil etildi.

Uchastka saylov komissiyasi a’zos saylovchining uyiga tashrif buyurmoqda.

96 yoshli Pelageya Guseva.

86 yoshli Mirza Toirov — O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi sobiq professori, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri solisti.

Brayl yozuvi tushirilgan byulleten.

81 yoshli Flyura Nizamiyeva Brayl yozuvidagi byulletenni o‘qimoqda.

69 yoshli Rixsi Alimova.