“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylovda yuksak siyosiy faollikni namoyon etmoqda” — deya ma’lum qildi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov yakshanba kuni kuzatuvchilar va jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda.

13:00 holatiga ko‘ra, 11 million 418 mingdan ortiq nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 55,89 foizini tashkil etadi, dedi u.

“Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizidan ortig‘i saylovda ishtirok etganini inobatga oladigan bo‘lsak, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning 35-moddasiga asosan saylov bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi”, — skazal Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov.

“Saylov milliy qonunchiligimizga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik va adolatlilik kabi demokratik tamoyillarga to‘la muvofiq holda o‘tmoqda”, — deya qayd etdi MSK raisi.