17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekiston Prezidenti saylovida 15 million 730 ming 997 saylovchi ishtirok etdi, deya xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov poytaxtda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Xorijdagi bir qator uchastkalarda, jumladan, Misr, Pokiston, Yevropa davlatlarida ovoz berish davom etmoqda. AQSHdagi uchastkalar esa ochildi.

Ayrim davlatlar — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya va Singapurdagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi.

Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ayni paytda ovoz berish jarayonida biror-bir qonun buzilish holatlari haqida ma’lumotlar kelib tushmaganini ta’kidlab o‘tdi.