O‘zbekiston Prezidenti saylovida soat 14:00 holatiga saylovchilarning 61,37 foizi ovoz berdi, deya xabar qilindi Markaziy saylov komissiyasi saytida.

Jami bo‘lib 12 million 536 ming 613 fuqaro ovoz berdi. Eng ko‘p ovoz berish Qashqadaryo viloyatida kuzatildi — 65,96%, eng kami esa Toshkentda — 55,42% (fotoga qarang).