Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz bergan O‘zbekiston fuqarolari soni 117902 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Muddatidan oldin ovoz berish o‘n kun — 24-noyabrdan 2-dekabrgacha davom etdi. Davlat rahbari saylovi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning umumiy soni — 21 milliondan ziyodroqni tashkil etadi.