3−4-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab nisbatan issiq havo saqlanib qoladi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shanba kuni janubiy va markaziy hududlarda havoning yuqori harorati +17…+22 daraja Selsiyga chiqadi. Yakshanba kuni aksariyat viloyatlarda quruq havo hukmronlik qiladi. Kunduz kuni havoning yuqori harorati +13 +18 daraja atrofida.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, 3-dekabr kuni vaqti-vaqti bilan, 4 dekabr kechqurun va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgargan holda 5−10 m/s tezlikda esib, 12−17 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +5…+7, kunduzi 3-dekabr kuni — +18…+20, 4-dekabr kuni — +13…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoralpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 3-dekabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 4-dekabrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushish ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 3-dekabr kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat 3-dekabr kuni kechasi −5…0, kunduzi — +10…+15, 4-dekabr kuni kechasi −2…+3, kunduzi — +8…+13 darajani tashkil etadi.

Buxoro va Navoiy viloyati bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, 3-dekabr ayrim joylarda oz miqdorda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 4-dekabr yog‘ingarchiliklarsiz o‘tadi. Tuman tushish ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 3-dekabr kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat 3-dekabr kuni kechasi +3…+8, kunduzi — +15…+20, 4-dekabr kuni kechasi +4…+9, kunduzi — +13…+18 darajani tashkil etadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-dekabr kuni vaqti-vaqti bilan, 4-dekabr kechqurun va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushish ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 4-dekabr kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi +4…+9, kunduzi 3-dekabr kuni — +15…+20, 4-dekabr kuni — +10…15 darajani tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 3 dekabr ayrim joylarda oz miqdorda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 4-dekabr yog‘ingarchiliklarsiz o‘tadi. Tuman tushish ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 4-dekabr kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat 3-dekabr kuni kechasi +4…+9, kunduzi — +17…+22, 4-dekabr kuni kechasi +7…12, kunduzi — +13…+18 darajani tashkil etadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-dekabr ayrim joylarda oz miqdorda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 4-dekabr yog‘ingarchiliklarsiz o‘tadi. Tuman tushish ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7−12 m/s, 4-dekabr kuni esa g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esib, 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat 3-dekabrda — 0…+5, 4-dekabrda — +2…+7, kunduzi — +8…13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar bo‘ladi, ko‘chki xavfi mavjud. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 3-dekabr kuni — 0…+5, kunduzi — +10…+15, 4-dekabr kuni kechasi −3…+2, kunduzi — +3…+8 daraja bo‘ladi.