O‘zbekiston Jahon plyaj futboli tashkiloti (BSWW) milliy berma jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston termasi 203 ball bilan 47-pog‘onaga pastladi.

Noyabrda milliy terma jamoa hozirda Niderlandiya egallab turgan 46-o‘rinni band etdi. Portugaliya birinchi o‘rinni saqlab qoldi, Rossiya termasi esa ikkinchi, Braziliya uchinchi va Italiya to‘rtinchi pog‘onani band etdi.

Dunyoning eng yaxshi jamoalari o‘nligida faqatgina bir o‘zgarish sodir bo‘ldi: Eron beshinchi o‘rin uchun bahsda Shveysariyani quvib o‘tdi. Polsha va Misr ham muvaffaqiyat qozondi. Polyaklar to‘rt pog‘ona ilgarilab, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi, misrliklar esa 23-o‘rindan 18 ga yuqoriladi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mamlakatlari orasida Eron 1785 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Yaponiya (1267) va Ummon (1037) kuchli uchlikni yakunladi.

OFK mamlakatlari reytingi

1 (5). Eron — 1785 ball

2 (8). Yaponiya — 1267 ball

3 (10). Ummon — 1037 ball

4 (14). BAA — 881 ball

5 (19). Livan — 604 ball

6 (35). Xitoy — 370 ball

7 (36). Tailand — 369 ball

8 (41). Vetnam — 308 ball

9 (45). Bahrayn — 219 ball

10 (47). O‘zbekiston — 203 ball