O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni 1-dekabr kechasi holatiga ko‘ra, 87498 nafarni tashkil etdi, deya xabar qildi Markaziy saylov komissiyas matbuot xizmati.

2-dekabr — muddatidan oldin ovoz berish uchun so‘nggi kun. Unda 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.