Dunyoga mashhur maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniya borki ishlab chiqarish sifati va iste’molchi haqida g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik ravishda kafolatlaydi. Maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasi ham o‘z mahsulotlarining sifati, qulayligi va foydalanishda ishonchli ekanligiga kafolat beradi.

Artel mahalliy markasi xaridorlarga Toshkent hamda O‘zbekistonning har bir viloyatida o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Kompaniyaning eng yangi texnologiyalarni qo‘llovchi professional ustalari mijozlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor.

Artel o‘z mijozlarining qulayligi uchun qayg‘uradi, shu bois respublikaning istlagan nuqtasidagi servis markazi tunu kun xizmatda. Kompaniyaning bosh maqsadlaridan biri mijozlar bilan aloqa uzmaslik, ularning xizmatiga doim kamarbasta bo‘lish.

Endilikda Artel servis markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy shahri, Shayx Abbos Valiy ko‘chasi 9/21A uy manzilida ish boshladi.

Servis markazlarida mutaxassislar mijozlar tomoningizdan xarid qilingan Artel savdo markasining texnikasi bilan bog‘liq har qanday muammoni hal qilishga doim tayyorlar.

Batafsil ma’lumot uchun Artel yagona axborot markaziga murojaat qilish mumkin: (+99871) 148−88−88.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.