1-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda o‘z missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpulni qabul qildi.

Uchrashuvda Turkiya elchisi faoliyatining samarali bo‘lganligi qayd etildi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va uning boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini kengaytirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholandi.

Ta’kidlanganidek, 17−18-noyabr kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligining isbotidir.

Namik Erpul o‘z navbatida O‘zbekistondagi missiyasini bajarishiga qulay imkoniyat yaratib berilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.