30-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti missiyasi vakillari O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish uchun Toshkentga yetib keldi. Missiyaga SHHT bosh kotibi Rashid Alimov rahbarlik qilmoqda.

Shu kunning o‘zida Rashid Alimov O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov bilan uchrashdi. MSK matbuot xizmatining xabar qilishicha, missiya rahbari saylovga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, tayyorgarlik ishlari saylov qonunchiligi talablari — ochiq va oshkoralik ruhida amalga oshirilmoqda.