Jahon saylov organlari assotsiatsiyasi (JSOA) bosh kotibi Kim Yon Xi Toshkentga yetib keldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

Kim Yon Xi 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish bo‘yicha missiyaga rahbarlik qiladi.

JSOA xalqaro tashkilot sifatida 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Inchonda (Janubiy Koreya) joylashgan. U 102 mamlakat, ju shumladan, O‘zbekistondagi 106 ta saylov organini birlashtirgan.