30-noyabr kechasi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni 68,7 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Muddatidan oldin ovoz berish 24-noyabr kuni boshlanib, 2-dekabrga qadar davom etadi. Unda 4 dekabrda bo‘ladigan saylovda o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun fuqaro o‘z saylov uchastka komissiyasiga 9 dan 18 ga qadar ariza bilan murojaat qilishi lozim.