25−26-noyabr kunlari Mexikoda (Meksika) sport gimnastikasi bo‘yicha Abierto Mexicano de Gimnasia xalqaro ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning 10 mamlakati — Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kolumbiya, Meksika, Ruminiya, O‘zbekiston, Ukraina va Yaponiyadan sportchilar ishtirok etdi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

O‘zbekiston sharafi uchun qatnashgan Oksana Chusovitina tayanib sakrashda 14,25 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi, ikkinchi o‘rinni ukrainalik gimnastikachi {de5db470} Kisla (13,975), uchinchi pog‘onani esa meksikalik Miriana Almeida (13.925) band etdi.

To‘rt turdagi mashqlarni bajarish bo‘yicha ko‘pkurashda Chusovitina turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi (52,225). Kumush medal braziliyalik Karolin Pedroga nasib etgan bo‘lsa (53,975), ukrainalik gimnastikachi Angelina Kisla oltin medalga loyiq deb topildi (54,400).

Oksana Chusovitina — gimnastika tarixidagi yagona — yozgi Olimpiadada yetti marotaba chiqish qilgan (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012 va 2016- da) gimnastikachi, to‘rt {d240de67} jahon chempioni bo‘lgan, jahon birinchiliklarida to‘rtta kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritgan.