O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadigan 4-dekabr kuni Toshkent jamoat transporti (barcha yo‘nalishlardagi avtobuslar va metropoliten) bepul faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda poytaxt hokimiyati axborot xizmati xabar qildi.

Bundan tashqari, jamoat transporti shu kuni o‘z ishini soat 5:00 dan boshlaydi.

Xabarda keltirilishicha, bunday qaror saylovchilar va saylov jarayonining barcha ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.