30-noyabr kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida futbol bo‘yicha 24- O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Qarshining “Nasaf” jamoasi ustidan kichik 1:0 hisobida g‘oliblikka erishdi. “Temiryo‘lchilar” bir mavsumda O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqqan holda “oltin dubl” qayd etdi.

Uchrashuvdagi yagona golni Toshkent klubining 25 yoshli hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov 2-daqiqada kiritdi.

Bosh murabbiy Andrey Miklyayev shogirdlari o‘z tarixidagi ikkinchi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar “temiryo‘lchilar” 2014-yilda finalda “Bunyodkor"ni mag‘lub etgan holda kubok egasiga aylangan edi.

Foto: twitter.com/LokomotivUzb.

“Lokomotiv” tarkibi: Ma’mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov (Boburbek Yo‘ldoshev 84'), Ikrom Aliboyev, Sherzod Fayziyev (Oleg Zoteyev 73'), Artur Gevorkyan (Marat Bikmayev 53'). Zaxira: Ignatiy Nesterov, Sadriddin Abdullayev, Nemanya Yanichich, Quvondiq Ro‘ziyev.

“Nasaf” tarkibi: Eldorbek Suyunov, Aziz G‘aniyev, Shuhrat Muhammadiyev, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A’zamov, Fozil Musayev, Odiljon Hamrobekov (Shahboz Erkinov 58'), Farruh Sayfiyev, Doniyor Narzullayev, Dragan Cheran (Bobur Abduxoliqov 71'). Zaxira: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov, Sharof Muhitdinov, Azamat Allaniyazov, Saydullo Rahmatov.