Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 27 oktyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablarini qat’iy bajarish bo‘yicha vazirliklar va boshqarmalar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari javobgarliklari to‘g‘risida"gi Qarorini ta’minlash doirasida Asia Alliance Bank Aksiyadorlik-tijorat banki veb-saytida bank Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ish boshladi.

Endi barcha xohlovchilar tun-kun rejimida bevosita Boshqaruv raisiga bank {cdcaab29} bo‘yicha arizalar, shikoyatlar va takliflar yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shunday qilib, bank tomonidan yangi muloqot shakli taqdim qilinib, u an’anaviy shakllar — yozma murojaatlar va shaxsan qabul bilan bir qatorda qiziqtirayotgan savollarga to‘liq javoblar olish, taklif bilan chiqish, o‘z fikrini ochiq ifodalash qo‘shimcha imkoniyatlarini beradi.

Virtual qabulxona murojaatnomalar berish hamda ularning ko‘rib chiqilishi va ijrosi jarayonini kuzatib borish imkonini yaratadi. Yuborilgan xabarlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rasmiy qog‘oz ko‘rinishidagi xat-xabarlar bilan teng ravishda ko‘rib chiqiladi. Ushbu kommunikatsiya vositasi muayyan ustunliklarga ega bo‘lib, jumladan, masalalarni hal qilishda byurokratik amaliyotga barham berish imkoniyatini nazarda tutadigan tezkorlik va shaffoflikni o‘z ichiga oladi.

Asia Alliance Bank ATB Boshqaruv raisining rasmiy virtual qabulxonasiga Bankning quyidagi sayti orqali murojaat qilish mumkin: www.aab.uz.

Bundan tashqari, bank Boshqaruv raisiga head@aab.uz elektron manzili va (0371) 231−60−04 telefon raqamlari bo‘yicha murojaat qilinishi mumkin.

Asia Alliance Bank ATB murojaatlarning qisqa muddatlarda sifatli ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.