Seshanba kuni erta tongda Toshkentdagi Taraqqiyot ko‘chasining Hamid Olimjon maydoni tomonga eltuvchi uchastkasi ochildi. Poytaxt hokimiyatidagi axborot manbasining “Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, bir kun muqaddam poytaxt ma’muriyati rahbari shu haqda topshiriq bergan.

Harakatni taqiqlovchi beton bloklari hamda yo‘l belgilari olib tashlangan. Yangi belgilar esa hozircha qo‘yilmagan, shu sababli ko‘pchilik haydovchilar mazkur ko‘cha uchastkasining ochilganidan bexabar.

Bundan avvalroq O‘zbekistonning birinchi Prezidenti rezidensiyasi yaqinidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishga ruxsat berilgani xabar qilingan edi.