Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha SHHT missiyasi rahbari sifatida 29-noyabrdan 5-dekabrgacha O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda SHHT saytida xabar qilindi.

Missiya tarkibidan SHHTga a’zo davlatlar qonunchilik, ijro va saylov organlari vakillari, shuningdek, tashkilot kotibiyatining mansabdor shaxslari (jami — 20 kishi) o‘rin olgan. Missiya O‘zbekistonning barcha saylov okruglarida imkon qadar ko‘proq saylov uchastkalariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Missiya O‘zbekistonda saylov jarayonini nazorat qiluvchi normativ-huquqiy aktlarni o‘rganib, saylov jarayonini adolatlilik va mustaqillik nuqtai nazaridan yoritish hamda saylovchilar uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish vositasi sifatida OAV monitoringini olib boradi.