22−27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent moda haftaligi o‘z yakuniga yetdi. Ushbu kunlar davomida poytaxtda Italiya, Xitoy va O‘zbekiston modelerlarining 270 ta ishlanma namoyish etilgan oltita mualliflik taqdimoti, mahalliy hamda xorijiy moda sanoati professionallari ishtirokida yosh dizaynerlar va talabalar uchun to‘qqizta master-klass bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Dizaynerlar assotsiatsiyasi raisi Xolida Komilova.

Tashkent Fashion Performance gala-namoyishida 25 mahalliy dizaynerlar va xorijlik mehmonlardan 22 kolleksiya, yakunlovchi shou — “Milliy liboslar” festivalida esa 24 mualifdan 20 ta kolleksiya taqdim etildi. Defile 180 ishlanmani o‘z ichiga oldi.

Foto