26-noyabr kuni Yekaterinburgda (Rossiya) aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha “Ratiborets 5” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy bahsida o‘zbekistonlik polvon, K-1 va unifayt bo‘yicha Osiyo chempioni, kikboksing bo‘yicha sport ustasi Aleksandr Stolyarov (13−5−0, 7 KO) jang olib bordi.

Stolyarov 120,2 kg vazn toifasida rossiyalik Yevgeniy Gontaryov (2−2−0) bilan reyting jangini o‘tkazdi. Aleksandr birinchi raundning 3-daqiqasida o‘ziga xos usul bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston vakili MMAda 2013-yil iyulidan buyon ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar Stolyarov 18 jang o‘tkazib, 13 marotaba g‘alaba qozondi va ularning 12 tasini muddatidan oldin yakunladi.

Video