25−27-noyabr kunlari Makasarda (Indoneziya) karate bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va 21 yoshgacha sportchilar o‘rtasida 15-Osiyo chempionati (AKF) bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi “Gazeta.uz"ga O‘zbekiston Milliy karate federatsiyasi.

Musobaqada Osiyoning 23 mamlakatidan 400 nafardan ziyod karatechilar ishtirok etdi. Turnir Xalqaro karate federatsiyasi qoidalari bo‘yicha tashkil etilib, bahslar ikki daqiqadan davom etdi.

Sakkiz nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston termasi bir oltin va uchta bronza medali bilan (1−0−3) umumjamoa hisobida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada Yaponiya (20−3−8), Eron (6−4−15) va Indoneziya (2−7−12).jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sadriddin Saymatov 60 kg gacha vazn toifasida Osiyo chempioni bo‘ldi. Saidahmadjon Mahmudov (61 kg gacha), Bonu Igamberdiyeva (47 kg gacha) va Akmal Choriyev (68 kg gacha) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.