29-noyabr kechasi holati bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni 53501 nafarni tashkil etdi. Bu haqda “Gazeta.uz"ga Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Muddatidan oldin ovoz berish 24-noyabr kuni boshlanib, 2 dekabrga qadar davom etadi. Unda 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan fuqarolar ishtirok etish huquqiga ega.