Osiyo taraqqiyot banki 28-noyabr kuni O‘zbekistonning barcha 12 viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavot yetishtirish sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirishni rivojlantirishga 154 mln dollar miqdorida kredit ajratilishini tasdiqladi, deya xabar qildi OTB matbuot xizmati.

“OTB ko‘magi meva-sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va meva-sabzavot yetishtirish sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjiriga jalb qilingan tadbirkorlarning uzoq muddatli moliyaviy manbalar bilan ta’minlanishini kengaytirishga yordam beradi”, — qayd etdi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo Mintaqaviy departamentining tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta iqtisodchisi Bui Minx Jiap. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ularga investitsiyalarni ko‘paytirish, bandlik darajasini kengaytirish hamda o‘zlari, xodimlari va yetkazib beruvchilarining barqaror daromad bilan ta’minlanishga xizmat qiladi.

Rejaga ko‘ra, hukumat OTB kreditini qayta kreditlab, fermerlar va korxonalarga meva-sabzavot yetishtirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, jumladan ekish materiallari, meva va sabzavotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha uskunalar hamda texnik jihozlarni xarid qilish uchun subkreditlar taqdim etiladi.

Loyihada ishtirok etishga sakkizta bank: “Asaka”, “Davr-bank”, “Hamkorbank”, “Ipak yo‘li” banki, “Ipoteka-bank”, Milliy bank, “To‘ronbank” va O‘zsanoatqurilish bank qiziqish bildirgan.

Loyiha doirasida fermer va korxonalar biznes-rejalashtirish, agrotexnik usullar va hosildan keyingi tadbirlar hamda eksport bozoriga chiqish uchun zarur ko‘nikmalarni takomillashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.