Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro 90 yoshda vafot etdi, deya xabar berdi Frans Press agentlgini Kuba rahbari Raul Kastroga tayangan holda. Fidel Kastroning vafoti to‘g‘risida Kuba televideniyesi ham xabar tarqatdi, deya ma’lum qildi The Guardian.

Fidel Kastro — Kuba inqilobchisi, davlat va siyosat arbobi 1926-yil 13-avgustda tug‘ilgan. 1976-yil dekabridan 30 yil davomida — Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashiga raislik qildi, Inqilobiy qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni va mamlakat Milliy mudofaa kengashi raisi ham edi.

Salomatligi yomonlashgani munosabati bilan 2006-yil 31-iyulda Fidel Kastro Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisligi lavozimlarini ukasi Raul Kastroga topshirdi.