Juma kuni Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida 19:19 va 19:25 da ikki bor kuchsiz zilzila sezildi.

Poytaxt seysmostansiyasidan “Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, har ikkisining ham o‘qog‘i Toshkentdan 410 km sharqda, Xitoyning Tojikiston bilan chegaradosh hududida joylashgan. Birinchi zilzila magnitudasi 5,6, ikkinchisini — 6,8 ni tashkil etgan.

Poytaxtda yer osti silkinishi kuchi 3, Andijonda — 3−4, Farg‘onada — 4, Namanganda — 3−4 balni tashkil etgan. Boshqa shaharlar bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.