O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) noyabr oyi uchun yangilangan reytingida 48-o‘rindan 62-o‘ringa pastladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.

Noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, milliy terma jamoa jahon chempionati-2018 Osiyo saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreyadan mag‘lub bo‘lib (2:1), Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozonganidan so‘ng o‘z pozitsiyasini 14 pog‘onaga boy berdi.

Mazkur ko‘rsatkich (62- o‘rin) Osiyo futbol konfederatsiyasi a’zolari o‘rtasida Eron (30-o‘rin), Janubiy Koreya (37-o‘rin), Yaponiya (45), Avstraliya (48) va Saudiya Arabistonidan (56) keyingi oltinchi o‘rinni egallashiga olib keldi.

Reytingda Argentika o‘z mavqeyini saqlab, yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxatning ikkinchi qatorini esa Germaniyani uchinchi o‘ringa tushirib yuborgan Braziliya termasi egalladi. Chili, Belgiya, Kolumbiya, Fransiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya kuchli o‘ntalikka yakun yasadi.

OFK vakillari o‘rtasidagi reyting

Foto: instagram.com/theafchub.