15-noyabr kuni Toshkentda radioaktiv chiqindilarni ko‘mish bo‘yicha chora-tadbirlarni texnik takomillashtirish loyihasi yakunlari ko‘rib chiqildi. Bu haqda AQSH elchixonasi matbuot xizmati xabar qildi. O‘zbekiston hukumati, AQSH Energetika vazirligi va Buyuk Britaniya hukumatining Biznes, energetika va sanoat strategiyasi departamentining hamkorlikdagi loyihasi qiymati 330 ming dollarni tashkil etdi. Mazkur hamkorlik yadro-radioaktiv moddalarning terroristlar qo‘liga tushib qolmasligining oldini olishga qaratilgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi Radiatsion xavfsizlik markazi (RXM) rahbariyati radioaktiv chiqindilarni ko‘mish bo‘yicha Respublika muassasasi ustidan nazorat tekshiruvini o‘tkazdi. Xabar qilinishicha, RXM rahbariyati tashrifi vaqtida yadroviy va radiologik terrorizmga chek qo‘yish bo‘yicha AQSH, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston hamkorligining bardavomligi ramzi sifatida muassasaning jismoniy xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar qayd etildi.

“Utilizatsiya qilingan radioaktiv manbalarni xavsiz boshqarish ularning o‘g‘irliklardan saqlashda o‘ta muhim hisoblanadi, — deydi AQSH Energetika vazirligi milliy yadro xavfsizligi ma’muriyati qoshidagi yadro tarqatilishining oldini olish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Enn Xerrington. — Mazkur korxonada xavfsizlik choralarining sezilarli takomillashgani mamlakat barcha sikllardagi radioaktiv moddalar xavfsizligi masalasini hal etish bo‘yicha o‘z majburiyatlariga qanchalik jiddiy yondoshayotganini ko‘rsatmoqda”.