Samarqand qiloyatida 2016−2017-yillarda 15 madaniy yodgorlik ob’ektini restavratsiya qilish va ular bilan yondosh hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ayni paytgacha 10 ta madaniy yodgorlik ob’ekti, shu jumladan, “Afrosiyob” muzeyi hamda yana bir muzeyni restavratsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar yakunlangan.

Ruhobod maqbarasi devorlarini mustahkamlandi, Mahdumi Xorazmiy masjidining ichki qismida ta’mirlash ishlari olib borildi, G‘ishtli masjidi tomning ichki va tashqi qismi, ichki devorlari ta’mirlandi.

Urgut tumanida ziyoratgoh joylarida sanitar-gigiyenik uzellar bunyod etilib, 2 km uzunlikdagi yo‘l ta’mirlanib, restoran va zamonaviy dam olish maskanlari qurildi.

Nurobod tumanida Hazrati Dovud g‘ori to‘liq qayta tiklanib, obodonlashtirildi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish ob’ektlari bunyod etildi.

Sayyohlik ob’ektlarini internet bilan ta’minlash ishlari davom ettirildi. Bugungi kunda aeroport va vokzal, shuningdek, Samarqanddagi Registon majmuasi hududida Wi-Fi mavjud.